Yana u ahli kitoblar: “Diningizga ergashganlardan boshqa hech kimga ishonmanglar”, – deydilar. Ey Rasulim, siz esa ularga: “Ergashish kerak boʻlgan toʻg‘ri yoʻl, albatta, bu Allohning yoʻlidir”, – deb ayting. Ahli kitoblar yana: “Ularga ishonmanglarki, toki sizdan boshqa hech kimga sizga berilganga oʻxshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida keyin u haqda sizga qarshi hujjat talashib yurmasinlar”, – deydilar. Ey Muhammad, siz ularga: “Albatta, fazlu karam, faqat Allohning qoʻlidadir. Uni xohlagan kishisiga beradi. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir”. – deb ayting.

