Ey Rasulim, bani Isroil avlodlarining Muso payg‘ambardan keyingi nufuzli jamoasi haqidagi xabarlarini eshitib koʻrmadingizmi? Oʻshanda ular payg‘ambarlariga qarata: “Bizlarga bir podshoh tayin qilib yuborgin va biz u bilan birga Alloh yoʻlida jang qilaylik”, – degan edilar. Payg‘ambar ularga: “Balki, sizlarga urush farz qilinib yozilsa, jangga chiqib urush qila olmassiz”, – degan edi. Ular: “Yurtimizdan haydab chiqarilgan va farzandlarimizdan ajralib qolganmiz-ku, nima uchun Alloh yoʻlida jang qilmas ekanmiz?” – deb aytganlar. Vaqtiki, ularga urush farz qilingach oz kishi mustasno, qolganlari bu ishdan yuz oʻgirdilar. Alloh zolim kimsalarni bilib turuvchi Zotdir.

