Podshohlikni qoʻlga olgan Tolut oʻz askarlari bilan shahardan ayrilgach, ularga qarata: “Alloh sizlarni qarshingizga chiqqan bir daryo bilan sinab koʻradi. Sinovga koʻra kim undan ichsa demak, u menga ergashganlardan emas, kimki u suvdan totib koʻrmasa, albatta, u menga ergashganlardandir. Lekin kim qoʻli bilan bir hovuch botirib olib ichsa, ruxsat bordir”, – dedi Shundan keyin koʻpchilik sinovdan oʻtolmay undan ichdi, faqat ulardan oz kishi ichmadi. Tolut iymon keltirgan kishilar bilan birga daryoni kechib oʻtgach, askarlar unga: “Bugun bizda dushman Jolut va uning lashkari bilan jang qilishga toqat yoʻq”, – dedilar. Shunda Allohga qiyomat kunida yuzma-yuz kelishlariga ishonadigan iymonli kimsalar: “Qanchadan-qancha kam sonli guruhlar Allohning izni bilan koʻp sonli guruhlar ustidan g‘alaba qozongandirlar. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, – deb aytdilar.

