Alloh sizga kofirlarning bir qismini kesib yoʻq qilish yoki ostin-ustun qilib, noumid qaytib ketishlari uchun sizga yordam qilgan edi.
От искомого вами масдар-узак ط ر ف образовано 11 аятов.
bir qismini, ikki tomonida, uchlaridan, nigohlarini, va tomonlarida, ko'zini, nigohlari bilan, nigohlarini, ko'z uchi bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh sizga kofirlarning bir qismini kesib yoʻq qilish yoki ostin-ustun qilib, noumid qaytib ketishlari uchun sizga yordam qilgan edi.
Kunduzning har ikki tarafida peshin va asr namozini va tunning bir boʻlagida bomdod, shom va xufton namozini oʻqing. Albatta, yaxshi ishlar gunohlarni ketkazadi. Mana bular yod etuvchilar uchun eslatmadir.
Makka mushriklari Biz yerlariga kelib, musulmonlarning asta-sekin fath qilib kelayotganlari sababli uni atroflaridan qisqartirib borayotganimizni koʻrmadilarmi?! Alloh Oʻzi xohlaganicha hukm qiladi. Uning hukmini kuzatib, taʼqib qilib boruvchi yoʻq. U tez hisob-kitob qiluvchidir.
Qiyomat kunida ular xorlangan holda boshlarini osmonga koʻtarib yugurib yuradilar. Qotib qolgan koʻzlari oʻzlariga qaytmaydi hamda yuraklari dahshatdan boʻm-boʻsh boʻlib qoladi.
Bas, ey Rasulim, ular aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting. Tunning boshi va oxirgi vaqtlarida hamda kunduzning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting shoyad, shunda rozilikka erishsangiz.
Aksincha, Biz anavi kofirlarni va ota-bobolarini dunyo matolaridan shunday bahramand qilib qoʻydikki, hatto ularga umr hech tugamaydigandek uzoq boʻlib koʻrindi. Axir, ular kufr dunyosi qisqarib, Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni koʻrmayaptilarmi?! Yoki ular har narsada ustunmilar?!
Kitobdan ilmi bor boʻlgan bir zot esa: “Men uni koʻzingni ochib yumguningcha senga keltiraman”, – dedi. Keyin Sulaymon u taxtning oldida turganini koʻrgach: “Bu Robbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon qilish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta, u faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Robbim hamma narsadan behojat va ulug‘ Zotdir”, – dedi.
Yana ularning oldilarida nigohlari begonalarga qarashdan tiyilgan, shahlo koʻzli hur qizlar boʻladi.
Ularning huzurida nigohlarini boshqalardan tiygan husnda tengqur hurlar bordir.
Ularning xorlikdan boshlari egilgan va doʻzaxga koʻz qirlari bilan qaragan hollarida unga koʻndalang qilinayotganlarini koʻrasiz. Iymon keltirgan zotlar: “Albatta, haqiqiy ziyon koʻruvchilar qiyomat kunida oʻzlariga, ahli oilalariga ziyon qilgan kimsalardir”, – deydilar. Ogoh boʻlinglarki, zolimlar doimiy azobdadirlar.
U jannatlarda koʻzlarini begonalardan tiyuvchi hur qizlar bor boʻlib, ularga ilgari ins ham jin ham tegmagan.