Agarda ular taloq qilishga qaror qilgan boʻlsalar, u holda Alloh, albatta, hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак ط ل ق образовано 23 аятов.
taloq qilishga, taloq qilingan ayollar, taloq, (erkak) yana taloq qilsa, U (yetgan kishi) ham taloq qilsa, taloq qilganingizda, taloq qilsangiz, ularni taloq qilsangiz, va taloq qilingan ayollarning, keyin yurdilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agarda ular taloq qilishga qaror qilgan boʻlsalar, u holda Alloh, albatta, hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Taloq qilingan ayollar uch hayz muddati miqdorida oʻzlarini kuzatib oʻtiradilar. Agar ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsalar, Alloh ularning bachadonlarida yaratgan homilani yoki hayz holatini berkitishlari halol boʻlmaydi. Agar erlari kelishuv qilib, oilani tiklashni xohlab qolsalar, shu muddat ichida ularni qaytarib yana nikohlariga olishga butunlay haqlidirlar. Erkaklarning ayollar ustida haqlari boʻlganidek, ularning ham erkaklar ustida maʼlum bir haqlari bordir. Ammo erkaklarga bu borada ayollardan bir daraja yuqori haq bordir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Erning afsus qilib qayta nikohiga olish imkonini beradigan taloq ikki martadir. Bundan keyin endi uni taloq qilmasdan yaxshilik bilan ushlab qolish yoki uchinchi marta taloq qilsa ham, chiroyli bir usulda qoʻyib yuborish kerak boʻladi. Ularga bergan mahringizdan biror narsani olib qolish sizlarga halol boʻlmaydi. Lekin er va xotin ikkovi ham oila davom etgan taqdirda Allohning belgilagan hududlarini oʻrniga qoʻyolmaslikdan qoʻrqsalar, hamda xotin eri bilan yashab ketishiga koʻzi yetmay, eridan taloq qilishni soʻrasa va bu taloq uchun maʼlum miqdorda evaz toʻlashini aytsa, er ham bu taklifni qabul qilsa, ularga gunoh boʻlmaydi. Bular Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlaridir, bas, ularni poymol qilmanglar. Kim Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlarini bosib oʻtsa, ana oʻshalar Zolim kimsalardir.
Agar er uni uchinchi marta taloq qilsa, ayol to boshqa er bilan nikohlanmaguncha unga halol boʻlmaydi. Agarda keyingi er ham uni taloq qilsa, avvalgi er va xotin endi bu safar Allohning belgilab qoʻygan hududlarini oʻz joyiga qoʻyishlariga koʻzlari yetsa, u holda qaytib yana nikohlanishlarida gunoh yoʻqdir. Mana bular Allohning qoʻygan hududlaridir. Ularni fahmlaydigan qavmlar uchun bayon qiladi.
Agar er uni uchinchi marta taloq qilsa, ayol to boshqa er bilan nikohlanmaguncha unga halol boʻlmaydi. Agarda keyingi er ham uni taloq qilsa, avvalgi er va xotin endi bu safar Allohning belgilab qoʻygan hududlarini oʻz joyiga qoʻyishlariga koʻzlari yetsa, u holda qaytib yana nikohlanishlarida gunoh yoʻqdir. Mana bular Allohning qoʻygan hududlaridir. Ularni fahmlaydigan qavmlar uchun bayon qiladi.
Agar xotinlaringizni taloq qilsangiz va ular idda vaqtilariga yetib kelsalar, unda ularni yaxshilik bilan ushlab qolinglar yoki chiroyli bir tarzda qoʻyib yuboringlar. Ammo ularni qiynash uchun zarar bergan holda majburan ushlab turmanglar. Kimda-kim shunday ish qiladigan boʻlsa, shubhasiz, u oʻziga zulm qilgan boʻladi. Allohning oyatlarini ermak qilmanglar. Allohning sizlarga ato etgan neʼmatini va sizlarga vaʼz-nasihat boʻlsin deb nozil qilgan kitob va hikmatni yodingizda tutinglar. Allohdan qoʻrqinglar hamda, albatta, Alloh har bir narsani biluvchi – Aʼlim Zot ekanini bilinglar.
Agar xotinlaringizni taloq qilsangiz hamda ular idda vaqtilariga yetib kelsalar, soʻngra yaxshilikcha oʻzaro rozi boʻlishib, kelishib olsalar, ularni erlariga qayta nikohlanishlariga qarshilik qilmanglar. Orangizdagi Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar mana bu oʻgitlar bilan nasihat qilinadi. Bu ishni qilish sizlar uchun eng xayrli va pokiza ishdir. Barchasini Alloh biladi, siz bandalar esa bilmaysizlar.
Nikohingizga olgan ayollarni agar ularga hali qoʻl tekkizmay turib yoki mahrni tayinlamay turib, taloq qilishingizda ham gunoh yoʻq. Bunday hollarda ularni nikohga olib ajrashgan odam boy boʻlsa, imkoni boricha yaxshilab, agar kambag‘al boʻlsa, qurbi yetgancha chiroyli qilib moddiy jihatdan bahramand qilsin. Bunday qilish yaxshilik qiluvchi muhsin kimsalar ustidagi burchdir.
Bordi-yu ularning mahrini belgilab qoʻygan boʻlsangiz, lekin hali qoʻl tekkizmay turib taloq qilsangiz, u holda belgilangan mahrning yarmini berishingiz kerak boʻladi. Agarda ayol tomon uni kechib yuborsa yoki nikoh aqdi qoʻlida boʻlgan er qolgan yarmidan kechib yuborib, hammasini toʻlab bersa ham, boʻlaveradi. Lekin er tomoni kechib yuborib, hammasini toʻlab berishingiz taqvo jihatiga eng yaqinidir. Orangizdagi insoniy fazilatni unutmanglar. Shubhasiz, Alloh qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Talog‘i berilib iddasini kutib oʻtirgan ayollarga yaxshilik bilan maʼlum bir miqdorda moddiy taʼminot berib turish esa, taqvodor erlar zimmasidagi burchdir.
Keyin ikkisi yoʻlga tushdilar. Bir kemaga minganlarida Xizr kemani teshib qoʻydi. Muso bundan hayratlanib: “Kema ahlini choʻktirib yuborish uchun uni teshib qoʻydingmi?! Haqiqatan, juda g‘alati narsa qilding-ku!” – dedi.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Nihoyat, bir bolani uchratganlarida, Xizr uni oʻldirdi. Muso Xizrga qarab: “Hech kimni oʻldirmagan pokiza jonni oʻldirasanmi?! Haqiqatan, juda xunuk narsa qilding-ku?!” – dedi.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan yegulik soʻragan edilar, aholi ularni mehmon qilishdan bosh tortdi. Soʻng oʻsha joyda yiqilay deb turgan bir devorni koʻrib qolishdi Xizr uni qayta tiklab qoʻydi. Muso Xizrga: “Agar xohlasang, bu ishing uchun xizmat haqi olishing mumkin edi”, – dedi.
Koʻnglim siqiladi va tilim ham yaxshi aylanmaydi. Bas, birodarim Horunga ham payg‘ambarlik yuborgin.
Ey moʻminlar, qachonki, sizlar moʻminalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, soʻngra ularga jinsiy teginishdan oldin ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda yoʻqdir. Bas, ularni ozgina moddiy bahramand qilib, chiroyli kuzatish bilan qoʻyib yuboringlar.
Ulardan kattalari bir-birlariga: “Yuringlar, oʻz ilohlaringizga sig‘inishda sabrli boʻlinglar! Albatta, bu bizdan iroda qilingan narsadir”, deb joʻnab qoldilar.
Hali sizlar Xaybar jangidagi oʻljalarni olish uchun ketayotgan vaqtingizda jangga chiqmay uyda qolgan kimsalar: “Bizlarga ham oʻlja olish uchun sizlarga ergashishimizga yoʻl qoʻyinglar”, – deydilar. Ular Allohning kalomini oʻzgartirmoqchi boʻladilar. Ey Muhammad ularga: “Aslo bizlarga ergashmaysizlar. Alloh avval sizga buni aytgan”, – deb ayting. Bas, ular: “Balki, bizlarga hasad qilayotgandirsizlar”, – deydilar. Yoʻq, ular juda oz fahmlaydilar.
Ey Payg‘ambar, qachonki, sizlar xotinlaringizni taloq qilsangizlar, ularning poklik paytlaridagi iddalarida taloq qilinglar va iddani sananglar. Robbingiz boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar. Idda tugaguncha ularni yashab turgan uylaridan chiqarmanglar va ular ham oʻzlaricha chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh ishni qilsalargina uylaridan chiqariladilar. Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan chiqsa, demak, u oʻziga zulm qilibdi. Siz bilmaysiz, ehtimol, Alloh bu taloqdan keyin biror ishni paydo qilar.
Ey Payg‘ambar, qachonki, sizlar xotinlaringizni taloq qilsangizlar, ularning poklik paytlaridagi iddalarida taloq qilinglar va iddani sananglar. Robbingiz boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar. Idda tugaguncha ularni yashab turgan uylaridan chiqarmanglar va ular ham oʻzlaricha chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh ishni qilsalargina uylaridan chiqariladilar. Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan chiqsa, demak, u oʻziga zulm qilibdi. Siz bilmaysiz, ehtimol, Alloh bu taloqdan keyin biror ishni paydo qilar.
Uning Robbisi agar u sizlarni taloq qilsa unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, moʻmina Alloh va Uning payg‘ambariga itoat qiluvchi, tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi, mudom Allohning yoʻlida yuruvchi juvon va qizlarni almashtirib berishi mumkin.