U munofiqlarning misoli xuddi tunda olov yoqqan odamga oʻxshaydi. Olov endi uning atrofini yorita boshlagach, Alloh birdan oʻtni oʻchirib, yorug‘ligini ketkazadi. Shundan soʻng ularni zulmatlarda hech narsani koʻrolmaydigan holatga tashlab qoʻyadi.
От искомого вами масдар-узак ظ ل م образовано 315 аятов.
zulmatlar, qorong'ulik cho'kkanda, zolimlar, zolim edingiz, zulm qildingiz, bizga zulm qilmoqda, zulm qilmoqdalar, zolimlar, zulm qilganlarning, zolimlar sifatida
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U munofiqlarning misoli xuddi tunda olov yoqqan odamga oʻxshaydi. Olov endi uning atrofini yorita boshlagach, Alloh birdan oʻtni oʻchirib, yorug‘ligini ketkazadi. Shundan soʻng ularni zulmatlarda hech narsani koʻrolmaydigan holatga tashlab qoʻyadi.
Yoki ularning holati bamisoli dahshatli chaqmoq, momaqaldiroq va qorong‘iliklar ichra osmondan sharros yoqqan yomg‘irga duch kelib qolgan odamga oʻxshaydi. Oʻlim qoʻrquvi sababli yashinning gulduros ovozini eshitmaslik uchun barmoqlarini quloqlariga tiqib oladilar. Alloh esa Oʻz ilmi bilan kofirlarni har tomondan oʻrab oluvchidir.
Chaqmoq goʻyo munofiqlarning koʻzlarini olib qoʻygudek edi. Qachonki chaqmoq ularga bir dam atrofni yoritsa, u yerda biroz ildamlanishar, takror ularning tepalarini zulmat qoplasa, joylarida toʻxtab turishardi. Agar Alloh xohlasa edi ularning quloq va koʻzlarini chaqmoq tufayli yoʻq qilib ketkazib qoʻyar edi. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Shundan keyin: “Ey Odam, endi sen va jufting Havvo bilan jannatga joylashinglar va u neʼmatlardan xohlagan joyingizdan bemalol tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlasha koʻrmang va uning mevasidan yeb qoʻymanglar, aks holda, nafsingizga zulm qilganlardan boʻlib qolasizlar”, – dedik.
Tavrot kitobini berish uchun Muso payg‘ambar bilan Tur deb atalgan tog‘da qirq kecha uchun vaʼdalashganimizni eslanglar. Undan keyin oʻzingizga zulm qilgan holda bir buzoqni ibodat qilish uchun iloh qilib olgan edingizlar.
Shundan soʻng Muso oʻz qavmiga qarata: “Sizlar bir buzoqni iloh qilib olib, unga sig‘inish bilan oʻzingizga oʻzingiz qattiq zulm qildingizlar. Endi Yaratganingizga tavba qilib, oʻz-oʻzingizni oʻldiringlar. Bu ishni amalga oshirishingiz sizlarni yoʻqdan bor qiluvchi Boriy Zot nazdida yaxshiroq boʻlar edi”, – deganini ham yodga olinglar. Shundan soʻng, Alloh yana tavbangizni qabul qilib sizlarni kechirdi. Albatta, U kechiruvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Sizlar jazirama issiqdan saqlanishingiz uchun bulutni ustingizga soyabon qildik. Osmondan sizlarga shirinlik va bedanalar tushirib: “Rizq qilib bergan toza narsalarimizdan yenglar”, – dedik. Bani Isroil avlodlari Bizga zulm qilmadilar, balki, oʻzlariga zulm qilgan edilar.
Sizlar jazirama issiqdan saqlanishingiz uchun bulutni ustingizga soyabon qildik. Osmondan sizlarga shirinlik va bedanalar tushirib: “Rizq qilib bergan toza narsalarimizdan yenglar”, – dedik. Bani Isroil avlodlari Bizga zulm qilmadilar, balki, oʻzlariga zulm qilgan edilar.
Ammo nafslariga zulm qilgan kimsalar ularga aytilgan soʻzni boshqachasiga almashtirib aytdilar. Shundan soʻng zolim kimsalar ustiga fosiqlik qilganlari tufayli osmondan dahshatli balo yog‘dirdik.
Ammo nafslariga zulm qilgan kimsalar ularga aytilgan soʻzni boshqachasiga almashtirib aytdilar. Shundan soʻng zolim kimsalar ustiga fosiqlik qilganlari tufayli osmondan dahshatli balo yog‘dirdik.
Haqiqatan, Muso sizlarga ochiq oydin dalil va oyatlar bilan kelgan edi. Ammo sizlar shundan keyin ham nafsingizga zulm qiluvchi boʻlib, Muso Tur tog‘iga ketgandan keyin buzoq haykalini oʻzingizga iloh qilib oldingizlar.
Oldin oʻz qoʻllari bilan qilgan yomonliklari sababidan hech qachon u oʻlimni orzu qilolmaydilar. Alloh zolimlarning qilmishini bilib turuvchi Zotdir.
Allohning masjidlarida Uning nomi zikr qilinishiga toʻsqinlik qiladigan va ularni xarob qilishga harakat qiladigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Aslida ular masjidlarga qoʻrqqan hollarida kirishlari kerak edi. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa ulkan azob bordir.
Bir paytlar Ibrohimni Robbisi bir necha soʻzlar va buyruqlar bilan imtihon qilganida, ularni batamom ado etganini eslang. Shunda Alloh: “Albatta, Men seni odamlarga yoʻlboshchi, imom qilmoqchiman”, – dedi. Ibrohim esa: “Zurriyotimdan ham qilasanmi?” – deb soʻradi. Alloh: “Mening ahdim zurriyoting orasidagi zolim kimsalargagina yetib bormaydi”, – dedi.
Ey bani Isroil avlodlari, yoki sizlar: “Chindan ham Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning bolalari yahudiy yoki nasroniy dinida boʻlganlar”, – deb aytasizlarmi? Ey Muhammad, ularga: “Ularning dinlari haqida sizlarmi yoki Alloh yaxshi biluvchiroqmi? Alloh tarafidan boʻlgan oʻzidagi guvohlikni yashirgandan ham zolimroq kimsa bormi?! Alloh qilayotgan ishlaringizdan aslo bexabar emas”, – deb ayting.
Qasam boʻlsinki, kitob berilgan yahudiy va nasroniylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular baribir qiblangizga yuzlanib ergashmaydilar. Siz shundoq ham ularning qiblalariga tobe emassiz. Yahudiylar va nasroniylar ham oʻzaro bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar sizga yetib kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashib ketsangiz, u holda, shubhasiz, zulm qilganlardan boʻlib qolasiz.
Ha, shunday, ey Rasulim, qaysi tomondan yoʻlga chiqsangiz ham, namozda yuzingizni Masjid ul-Harom tomoniga buring. Sizlar ham ey moʻminlar, yuzlaringizni qibla tomoni boʻlgan Kaʼbaga buringlar. Toki qiblaga yuzlanmasligingiz baʼzi odamlar nazdida sizlarga qarshi dalil va hujjat boʻlib qolmasin. Shuningdek, u insonlar orasida zulm qilganlar ham bor boʻlib, ulardan aslo qoʻrqmanglar, faqat Mendan qoʻrqinglar. Toki sizlarga neʼmatimni toʻla-toʻkis qilib berayin, shoyad, shunday qilib, hidoyat topsangizlar.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular Allohdan boshqalarni Unga teng qilib, xuddi Allohni sevgandek u soxta maʼbudalarni sevadilar. Iymon keltirgan kimsalarning Allohga boʻlgan haqiqiy muhabbatlari esa ularnikidan koʻra kuchliroqdir. Oʻz nafsiga zulm qilgan kimsalar azobga duchor boʻladigan qiyomat kunida barcha kuch-qudrat Allohga xosligini va Allohning azobi haqiqatan, shiddatli ekanini bilsalar edi?!
Kofirlar bilan to fitna-fasod tamoman tugab, din yolg‘iz Alloh uchun boʻlguncha jang qilinglar. Agar kufrdan voz kechib, urushni toʻxtatsalar, unda sizlar ham toʻxtatinglar. Chunki dushmanlik, faqat zolimlarga qarshi boʻladi.
Erning afsus qilib qayta nikohiga olish imkonini beradigan taloq ikki martadir. Bundan keyin endi uni taloq qilmasdan yaxshilik bilan ushlab qolish yoki uchinchi marta taloq qilsa ham, chiroyli bir usulda qoʻyib yuborish kerak boʻladi. Ularga bergan mahringizdan biror narsani olib qolish sizlarga halol boʻlmaydi. Lekin er va xotin ikkovi ham oila davom etgan taqdirda Allohning belgilagan hududlarini oʻrniga qoʻyolmaslikdan qoʻrqsalar, hamda xotin eri bilan yashab ketishiga koʻzi yetmay, eridan taloq qilishni soʻrasa va bu taloq uchun maʼlum miqdorda evaz toʻlashini aytsa, er ham bu taklifni qabul qilsa, ularga gunoh boʻlmaydi. Bular Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlaridir, bas, ularni poymol qilmanglar. Kim Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlarini bosib oʻtsa, ana oʻshalar Zolim kimsalardir.