Gunoh ishlarni doimiy qilib yurgan va birontasiga oʻlim oni kelgach, “endi tavba qildim”, – deydigan hamda kofir holida oʻlib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga oxiratda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
От искомого вами масдар-узак ع ت د образовано 16 аятов.
tayyorlaganmiz, (biz ham) tayyorlaganmiz, biz ham tayyorlaganmiz, va tayyorladik, va tayyorladi, tayyorladik, va biz tayyorlaganmiz, va tayyorlaganmiz, tayyor turgan, tayyor
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Gunoh ishlarni doimiy qilib yurgan va birontasiga oʻlim oni kelgach, “endi tavba qildim”, – deydigan hamda kofir holida oʻlib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga oxiratda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Unday kimsalar esa oʻzlari baxillik qiladilar va insonlarni ham baxillik qilishga buyuradilar. Alloh ularga Oʻz fazlidan bergan lutfu inoyatlarni baxillik qilib yashiradilar. Biz esa bunday kofirlarga xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
Ana shunday kimsalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
Yana boshqa sababi ularning sudxoʻrlik qilib, foiz olishlari edi. Vaholanki Tavrotda ribodan qaytarilgan edilar. Hamda odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeganlaridir. Biz ular orasidan kofir boʻlgan kimsalar uchun oxiratda alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
Vaqtiki, Zulayho ayollarning ig‘volarini eshitgach, ularning huzuriga odam yubordi va ularga turli mevalarni archish uchun suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi hamda ularning har biriga bittadan pichoq berib Yusufga: “Qani, ularning oldiga chiqqin”, – dedi. Ayollar uni koʻrishgach husnining goʻzalligidan beixtiyor Yusufni olqishlab oʻzlari sezmagan hollarida qoʻllarini kesib oldilar. Hamda: “Yo muqaddas Alloh, bu bashar farzandi emas, axir u azizu mukarram farishta-ku!” – deb yubordilar.
Shuningdek, oxiratga ishonmaydigan kimsalar uchun esa qiyomatda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼon Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin”, – deb ayting. Albatta, Biz zolimlar uchun devorlari ularni oʻrab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar ular tashnalikka chidolmay suv deb yordam soʻrasalar, yuzlarni kuydiruvchi, eritilgan yog‘ga oʻxshash suv bilan yordam beriladilar. U naqadar yomon ichimlik va naqadar yomon boshpana.
Yoki kufr keltirganlar Meni qoʻyib, bandalarimni oʻzlariga doʻstlar qilib olishni oʻylaydilarmi?! Haqiqatan, Biz jahannamni kofirlar uchun tushadigan joy qilib tayyorlaganmiz.
Yoʻq, ular qiyomat soatini yolg‘onga chiqardilar. Biz esa qiyomatni yolg‘onga chiqarganlari uchun doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz.
Payg‘ambarlarini inkor qilgan Nuh qavmini ham toʻfonda g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qoʻydik. Shu bilan birga, bunday zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Sizlardan kim Alloh va Uning Payg‘ambariga itoat qilsa hamda solih amal qilsa, Biz mukofotini ikki barobar qilib beramiz va uning uchun jannatda goʻzal rizq tayyorlab qoʻyganmiz.
Kimki Allohga va uning Payg‘ambariga iymon keltirmagan boʻlsa, bas, albatta, Biz unday kofirlar uchun lovullagan olovni tayyorlab qoʻyganmiz.
U biror soʻzni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru nozir boʻlgan, kuzatuvchi farishta u soʻzni yozib oladi.
Kofirning yaqini boʻlgan farishta: “Mana bu nomai aʼmol mening huzurimda doimo tayyor turgan narsadir”, – deydi.
Haqiqatan, Biz dunyoga yaqin osmonni yulduzli chiroqlar bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qoʻydik. Yana shaytonlar uchun oxiratda doʻzax azobini ham tayyorlab qoʻyganmiz.
Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alangali olovni tayyorlab qoʻyganmiz.