الشَّهْرُ الْحَرَامُ بِالشَّهْرِ الْحَرَامِ وَالْحُرُمَاتُ قِصَاصٌ ۚ فَمَنِ اعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ فَاعْتَدُوا عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا اعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ
Urush man qilingan harom oyning badali, harom qilingan oy bilandir. Hurmat qilinishi kerak boʻlgan shartlar buzilsa, unda, qasos qoidasiga amal qilish bor. Agar kim sizga tajovuzkorona bostirib kelsa, sizlar ham ular qanday bostirib kelgan boʻlsalar, ularga shunday bostirib boringlar. Shuningdek, Allohdan qoʻrqinglar va bilib qoʻyinglarki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.

