وَجَاءُوا عَلَىٰ قَمِيصِهِ بِدَمٍ كَذِبٍ ۚ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنْفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ وَاللَّهُ الْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ
Uning koʻylagi ustiga bir chorva hayvonining qonini surib soxta qon bilan keltirdilar. Yaʼqub oʻg‘illariga qarab: “Yoʻq, sizlarga nafsingiz bu yomon ishni qilishga undagan. Bas, mening vazifam chiroyli sabr qilishdir. Nima ham deyman, siz taʼriflayotgan voqealarga chidash uchun Alloh menga madadkordir.

