أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا الْأَرْضَ وَعَمَرُوهَا أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ ۖ فَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avvalgi payg‘ambarlarni inkor qilgan va iymonsiz ketgan kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi?! Ular bu Makka kofirlaridan koʻra quvvatliroq boʻlgan va oʻz yerlarini bular obod qilganidan koʻra koʻproq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham oʻz payg‘ambarlari hujjatlar keltirganlar, lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarishgan. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi boʻlmadi, lekin haq yoʻldan yurmay ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.

