Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
От искомого вами масдар-узак ع ل م образовано 854 аятов.
Olamlarning, biluvchilardan, bila turib, biladilar, biladi, bilaman, siz bilasiz, va o'rgatdi, bilimimiz, bizga o'rgatganing
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
Qachonki ularga: “Odamlar iymon keltirganidek sizlar ham iymon keltiringlar”, – deb aytilsa, ular: “Biz aqli past kimsalar iymon keltirganiga oʻxshab iymon keltiramizmi?” – deb aytadilar. Yana bir bor ogoh boʻlingizki, aynan ularning oʻzlari kaltafahm kimsalardir. Lekin ahmoq ekanliklarini oʻzlari bilmaydilar.
U sizlarga hayot kechirishingiz uchun Yerni toʻshak, osmonni tom kabi bino qilgan hamda osmondan suv yog‘dirgan, keyin u suv tufayli sizlarga rizq boʻlsin deb turli mevalar undirib chiqargan Zotdir. Shunday ekan, bas, sizlar bilib turib boshqa soxta maʼbudlarni Allohga teng qilmanglar.
Alloh chivin yoki yaratilish jihatdan undan-da ustunroq narsalarni misol tariqasida keltirishdan uyalib, tortinib oʻtirmaydi. Albatta, iymon keltirgan kimsalar bu oyatlarni Robbilaridan haq boʻlib kelgan deb biladilar. Ammo kufr keltirgan kimsalar esa gumrohlik qilib: “Alloh bu misol bilan nima deyishni xohlaydi?” – deydilar. Alloh bu masallarni keltirish bilan iymon keltirmaganlari uchun koʻpchilikni adashtirib zalolatga ketkazadi hamda koʻpchilikni shu sabab bilan toʻg‘ri yoʻlga yetaklaydi. Lekin Alloh bu misollar bilan faqat fosiq kishilarni yoʻldan adashtiradi.
U Yer yuzidagi barcha narsalarni siz insonlar uchun yaratgan, soʻngra samoga yuzlanib, ularni yetti qavat osmon qilib tiklagan Zotdir. U barcha narsani hikmatini bilib turuvchi Zotdir.
Ey Rasulim, Robbingiz farishtalarga qarata: “Men Yer yuzida Odamni xalifa qilmoqchiman”, – deganida, farishtalar: “U yerda buzg‘unchilik qiladigan, nohaq qon toʻkadigan kimsalarni xalifa qilib yaratasanmi? Shundoq ham biz Senga hamd va sanoing bilan tasbeh aytib va Seni muqaddas deb bilamizku”, – deb aytganlar. Shunda Alloh: “Albatta, Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman”, – dedi.

Alloh Odamni yaratgach, unga barcha narsa nomlarini va xususiyatlarini oʻrgatdi. Soʻngra u narsalarni farishtalarga koʻrsatib: “Modomiki, rostgoʻy boʻlsangiz, qani, mana bu narsalarning ismlari va xususiyatlarini menga aytib beringlar-chi?” – dedi.
Farishtalar: “Ey barcha nuqsonlardan pok Zot, biz farishtalarda Sen oʻrgatgandan boshqa ilm yoʻqdir”, – deb aytdilar. Albatta, Sen hamma narsani biluvchi – Aʼlim va hikmat sohibi boʻlgan – Hakim Zotsan.

Shundan keyin Alloh: “Ey Odam, qani, farishtalarga u narsalarning nomlarini birma-bir aytib ber-chi!” – dedi. Odam farishtalarga ularning ismlari haqida xabar bergach, Alloh farishtalarga qarata: “Albatta, Men osmonlaru Yerning barcha sir-asrorini bilaman hamda sizlar oshkora qilgan va ichingizda yashirgan narsalaringizni ham bilaman, demaganmidim?” – dedi.

Haqni botilga aralashtirmanglar va oʻzingiz uni Allohdan ekanligini bilib turgan holda haqiqatni odamlardan yashirmanglar.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga inʼom etgan neʼmatlarimni va bir paytlar sizlarni boshqa qavmlarga koʻra olamlarga ustun qilib qoʻyganimni yodga olinglar!
Ey bani Isroil avlodlari, Muso oʻz qavmi uchun suv talabida boʻlganida, “asong bilan toshga urgin”, – deganimizni esga olinglar. Oʻshanda undan oʻn ikkita buloq otilib chiqqan edi. Shundan soʻng oʻn ikki qabilaning har bir odamlari oʻzlarining suv ichadigan joylarini bilib oldilar. Alloh ato etgan rizqidan yeb-ichinglar va Yer yuzida fasod tarqatuvchilardan boʻlib, buzg‘unchilik qilmanglar.
Ey bani Isroil avlodlari, darhaqiqat, sizlardan shanba kunida imtihon tariqasida berilgan sinovlarga qarshi chiqib haddan oshganlar ahvolini ham yaxshi bilgansizlar. Shunda Biz ularga: “Xoru zor maymunlarga aylanib qolinglar”, – degan edik.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Axir Alloh ularning pinhona va oshkora qilgan ishlarini aniq biluvchi Zot ekanini bilmaydilarmi?
Axir Alloh ularning pinhona va oshkora qilgan ishlarini aniq biluvchi Zot ekanini bilmaydilarmi?