Kofirlarni dahshatga solgan katta qoʻrquv ularni xafa qilmaydi. Ularni farishtalar: “Bu sizlarning vaʼda qilingan baxtli kuningizdir”, – deb kutib oladilar.
От искомого вами масдар-узак ف ز ع образовано 6 аятов.
qo'rquv, qo'rquv ichida qoladilar (hushdan ketadi), qo'rquvdan uzoqdirlar, qo'rquv ketdi, vahimaga tushganlari, va qo'rqib qolgan edi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Kofirlarni dahshatga solgan katta qoʻrquv ularni xafa qilmaydi. Ularni farishtalar: “Bu sizlarning vaʼda qilingan baxtli kuningizdir”, – deb kutib oladilar.
Surga puflangan kunda Alloh Oʻzi xohlagan zotlardan boshqa osmonlar va Yerdagi barcha kimsalar dahshatga tushib qoladi. Hamma Uning huzuriga boʻyin ekkan hollarida keladi.
Kim Allohning huzuriga yaxshi amallar bilan kelsa, bas, uning uchun undan ham yaxshiroq mukofot boʻladi. Shuningdek, ular qiyomat kunining dahshatidan omonda boʻladilar.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Ey Rasulim, agar siz mushrik va kofirlarni dahshatga tushib, qochgani joy boʻlmagan va yaqin bir makondan doʻzax tomon tutib ketilgan paytlarida koʻrsangiz edi!
Daʼvogarlar Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqmagin, bizlar bir-birimizga zulm qilgan ikki daʼvogarlarmiz. Bas, bizning oʻrtamizda haqqoniy hukm qil va birortamizga jabr qilma hamda bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin”, – dedilar.