Bashariyatga yuborilgan ana shu payg‘ambarlarning baʼzilarini baʼzilaridan afzal qildik. Ular orasidan Alloh bevosita gaplashgani va ayrimlarining darajasini yuqori koʻtargani ham bor. Maryam oʻg‘li Iso payg‘ambarga moʻʼjizalar berdik va uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllab-quvvatladik. Agar Alloh xohlasa edi, ularga ochiq-oydin dalillar kelgandan keyin ularning orqasidan kelgan ummatlar bir-birlari bilan jang qilmas edilar. Lekin ular turli ixtiloflarga tushdilar, ulardan iymon keltirgan ham, inkor qilgan ham boʻldi. Agar Alloh istamasa edi, ular bir-birlarini oʻldirmas edilar. Lekin Alloh Oʻzi istaganini qiladi.

