Ey Muhammad, sizdan urush harom qilingan oyda jang qilishning hukmi haqida soʻraydilar. Ularga: “U oyda jang qilish katta gunohdir”, – deb javob bering. Biroq odamlarni Alloh yoʻlidan toʻsish, Uni inkor qilish, odamlarni Masjid ul-Haromga borishiga toʻsqinlik qilish va aholisini u yerdan quvib chiqarish Alloh nazdida kattaroq gunohdir. Fitna chiqarish urush qilishdan koʻra kattaroq gunohdir. Kofirlarning qoʻlidan kelsa edi, sizlarni to haq diningizdan qaytarguncha, jang qilaverardilar. Bordi-yu sizlardan kimki dinidan qaytib, kofir holida oʻlib ketsa, ana oʻshalarning dunyo va oxiratdagi amallari behuda ketgan boʻladi. Ular doʻzax egalaridir hamda ular u yerda mangu qoluvchilardir.

