Keyin bu g‘amning ketidan sizlarga bir omonlik uyqu holatini tushirib, siz moʻminlardan boʻlgan bir toifani bu tuyg‘u qamrab oldi. Munofiqlardan boʻlgan boshqa toifa esa jon talvasasiga tushib, Alloh haqida johilona fikrlari bilan nohaq gumonda boʻlar edilar. Ular: “Oʻzi bizga bu ishdan nima foyda?!” – derdilar. Ey Rasulim, ularga: “Barcha ishlar Allohga oiddir”, – deb ayting. Ular sizga oshkor qilmagan munofiqliklarini ichlarida yashirib yuradilar. Hamda ular: “Agar bizda bu ish yuzasidan tanlov boʻlganida edi, bu yerda oʻldirilmas edik”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar uylaringizda oʻtirgan boʻlsangiz ham, oʻldirilishi Alloh tomonidan yozilgan kishilar mutlaqo halokat joylariga kelib qolgan boʻlar edilar. Alloh bu mag‘lubiyatni koʻngillaringizdagi iymon yoki nifoqni sinash va qalblaringizdagi kirlarni tozalash uchun qildi. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.

