الَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِنْكُمْ مِنْ نِسَائِهِمْ مَا هُنَّ أُمَّهَاتِهِمْ ۖ إِنْ أُمَّهَاتُهُمْ إِلَّا اللَّائِي وَلَدْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنْكَرًا مِنَ الْقَوْلِ وَزُورًا ۚ وَإِنَّ اللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ
Oralaringizdagi oʻz xotinlarini “zihor” qiladigan kimsalar uchun xotinlari onalari emasdir. Ularning haqiqiy onalari ularni tuqqan ayollardir. Ular, haqiqatan, nomaqbul va yolg‘on soʻz aytadilar. Lekin Alloh afv etuvchi va mag‘firat qiluvchidir.

