Alloh unga saltanat berganidan mag‘rurlanib, Ibrohim payg‘ambar bilan uning Robbisi haqida talashib, tortishgan kimsaning ahvolini koʻrmadingizmi?! Zolim kimsa bilan bahslashgan Ibrohim payg‘ambar: “Robbim istaganiga hayot beradi va istaganini oʻldiradi”, – degan edi. U podshoh esa: “Men ham hayot berib, oʻldira olaman”, – deb aytdi. Keyin Ibrohim esa: “Alloh quyoshni sharqdan chiqaradi, sen uni g‘arbdan chiqarib koʻrchi?!” – deb aytgan. Ana oʻshanda u kufr keltirgan odam esankirab qolgan. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.

