كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعِنْدَ رَسُولِهِ إِلَّا الَّذِينَ عَاهَدْتُمْ عِنْدَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۖ فَمَا اسْتَقَامُوا لَكُمْ فَاسْتَقِيمُوا لَهُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ
Axir qanday qilib Alloh nazdida va Uning Rasuli huzurida mushriklar uchun ahdu paymon boʻladi?! Lekin Masjid ul-Harom oldida sizlar bilan ahdlashgan kimsalar agar sizlarga nisbatan soʻzlarida tursalar, unda sizlar ham ular uchun ahdingizda toʻg‘ri turinglar. Albatta, Alloh taqvodor kimsalarni yaxshi koʻradi.

