Agar xotinlaringizning farzandi boʻlmasa ular qoldirgan merosdan yarmi sizlarga tegadi. Bordi-yu ularning farzandlari boʻlsa, sizlarga ular qoldirgan merosdan toʻrtdan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar u marhumalarning qilgan vasiyati yoki qarzi adosidan keyin ijro etiladi. Agar farzandlaringiz boʻlmasa u xotinlarga sizlar qoldirgan merosning toʻrtdan bir ulushi tegadi. Bordi-yu farzandingiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan merosning sakkizdan bir ulushi tegadi. Bu taqsimotlar sizlar qilgan vasiyat yoki qarz adosidan keyin ijro etiladi. Agar marhum erkak yoki ayol kimsasiz, yaʼni ota-onasi ham, farzandlari ham boʻlmay, bitta aka yoki uka yoxud opa yoki singlisi qolgan boʻlsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir hissa tegadi. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, ular merosning uchdan biriga sherik boʻladilar. Bu taqsimotlar merosxoʻrlarga zarar bermaydigan holda, qilingan vasiyat va qarzlar ado etilgandan keyin Allohning amriga binoan ijro qilinadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.

