أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ كَانُوا مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَاقٍ
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avval oʻtgan iymonsiz kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ular Makka mushriklaridan koʻra kuchliroq va yer yuzida qoldirgan asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Ularga Allohdan oʻzga birorta azobdan saqlovchi boʻlmadi.

