Koʻzlar Uni idrok qila olmaydi, U esa koʻzlarni idrok qila oladi. U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
От искомого вами масдар-узак ل ط ف образовано 8 аятов.
latifdir, juda nozik tadbirlar, va ehtiyot bo'lsin, lutfkordir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Koʻzlar Uni idrok qila olmaydi, U esa koʻzlarni idrok qila oladi. U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Yusufning saroyiga kelganlaridan keyin u ota-onasini oʻz taxtiga chiqardi va hammasi unga sajda qilgan hollarida yiqildi. Yusuf otasiga: “Ey otajon, mana shu qirq yil avval koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni haqiqatga chiqardi. Darhaqiqat, U zindondan chiqargan payt menga yaxshilik qildi. Shayton men bilan akalarim orasini buzib ig‘vo qilganidan keyin mana sizlarni sahrodan Misrga eson-omon holingizda keltirdi. Albatta, Robbim xohlagan narsani lutf qiluvchidir. Shubhasiz, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.
Oʻzaro savol-javob qilishlari uchun ularni qanday uxlatib qoʻygan boʻlsak ana shunday uyg‘otdik. Ulardan biri: “Qancha muddat uyquda qoldingiz?, – dedi. Ularning ayrimlari: “Bir kun yoki yarim kun”, – dedilar. Baʼzilari esa: “Qancha uxlab qolganimizni faqat Robbingiz toʻg‘ri biluvchiroq, endi bir kishini mana shu pulingiz bilan shaharga yuboringlar u eng pokiza taomlarni qarab undan sizlarga ozuqa olib kelsin. U diqqatli boʻlsin va sizlarni birovga sezdirib qoʻymasin”, – dedilar.
Alloh osmondan suv tushirgach, yerning yam-yashil boʻlib qolishini koʻrmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Luqmon: “Ey oʻg‘ilcham, shubha yoʻqki, agar xardal oʻsimligining urug‘idek yaxshi yoki yomon amal qilinadigan boʻlsa, bas, u amal biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida boʻlsa, oʻshani ham Alloh keltiradi. Shubhasiz, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir”, – dedi.
Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmatni zikr qilinglar. Albatta, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Alloh bandalariga mehribondir. U Oʻzi xohlagan kishilarga keng rizq beradi. U barcha narsaga kuchi yetuvchi – Qoviy va izzati ulug‘ boʻlgan – Aziz Zotdir.
Axir yaratgan zot Oʻzi yaratgan narsalarini bilmaydimi?! U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.