يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ عَلَىٰ فَتْرَةٍ مِنَ الرُّسُلِ أَنْ تَقُولُوا مَا جَاءَنَا مِنْ بَشِيرٍ وَلَا نَذِيرٍ ۖ فَقَدْ جَاءَكُمْ بَشِيرٌ وَنَذِيرٌ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Payg‘ambarlar kelishi kamaygan vaqtdan keyin: “Bizga hech qanday jannat bilan xushxabar beruvchi ham, oxirat azobidan ogohlantiruvchi ham kelmagan”, – deb bahona aytmasligingiz uchun sizlarga elchimiz Muhammad haqiqatni bayon qiluvchi boʻlib keldi. Darhaqiqat, u sizlarga jannatdan xushxabar beruvchi va jahannamdan ogohlantiruvchi boʻlib kelgan. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.

