Agar xotinlaringizni taloq qilsangiz va ular idda vaqtilariga yetib kelsalar, unda ularni yaxshilik bilan ushlab qolinglar yoki chiroyli bir tarzda qoʻyib yuboringlar. Ammo ularni qiynash uchun zarar bergan holda majburan ushlab turmanglar. Kimda-kim shunday ish qiladigan boʻlsa, shubhasiz, u oʻziga zulm qilgan boʻladi. Allohning oyatlarini ermak qilmanglar. Allohning sizlarga ato etgan neʼmatini va sizlarga vaʼz-nasihat boʻlsin deb nozil qilgan kitob va hikmatni yodingizda tutinglar. Allohdan qoʻrqinglar hamda, albatta, Alloh har bir narsani biluvchi – Aʼlim Zot ekanini bilinglar.

