وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ اذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَعَلَ فِيكُمْ أَنْبِيَاءَ وَجَعَلَكُمْ مُلُوكًا وَآتَاكُمْ مَا لَمْ يُؤْتِ أَحَدًا مِنَ الْعَالَمِينَ
Bir vaqtlar Muso oʻz qavmiga qarata: “Ey qavmim, Allohning sizlarga ato etgan neʼmatlarini eslanglar. U sizning orangizdan payg‘ambarlar chiqardi va sizlarni podshohlar qildi. Shuningdek, olamlardan hech bir kimsaga bermaganini sizlarga berdi”, – deganini xotirlang.

