وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لَافْتَدَوْا بِهِ مِنْ سُوءِ الْعَذَابِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ وَبَدَا لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُوا يَحْتَسِبُونَ
Agar zolim kimsalar uchun yerdagi barcha narsa va u bilan birga yana uning barobaricha narsa boʻlsa, albatta, ular qiyomat kunidagi azobning yomonligidan, oʻsha narsalarni toʻlov qilib yuborgan boʻlar edilar. Chunki qiyomatda ularga Alloh tomonidan ular oʻylab ham koʻrmagan narsalar namoyon boʻladi.

