وَدَّ كَثِيرٌ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَوْ يَرُدُّونَكُمْ مِنْ بَعْدِ إِيمَانِكُمْ كُفَّارًا حَسَدًا مِنْ عِنْدِ أَنْفُسِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْحَقُّ ۖ فَاعْفُوا وَاصْفَحُوا حَتَّىٰ يَأْتِيَ اللَّهُ بِأَمْرِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Ahli kitobdan boʻlganlarning koʻpchiligi oʻzlariga haqiqat aniq maʼlum boʻlgandan keyin nafslarida oʻrnashgan hasad tufayli iymon keltirganingizdan keyin sizlarni yana kufr holingizga qaytarishni orzu qiladilar. Sizlar esa Allohning bular haqida amri kelguncha kechiringlar va xatolaridan oʻtib muomala qilib turinglar. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.

