Alloh Odamni yaratgach, unga barcha narsa nomlarini va xususiyatlarini oʻrgatdi. Soʻngra u narsalarni farishtalarga koʻrsatib: “Modomiki, rostgoʻy boʻlsangiz, qani, mana bu narsalarning ismlari va xususiyatlarini menga aytib beringlar-chi?” – dedi.
От искомого вами масдар-узак ن ب أ образовано 160 аятов.
menga ayting, bularga xabar ber, bularga xabar berganda, payg'ambarlari, payg'ambarlarini, payg'ambarlarga, va payg'ambarlarga, Payg'ambarlariga, sizga aytaymi?, va bir payg'ambar bo'ladi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh Odamni yaratgach, unga barcha narsa nomlarini va xususiyatlarini oʻrgatdi. Soʻngra u narsalarni farishtalarga koʻrsatib: “Modomiki, rostgoʻy boʻlsangiz, qani, mana bu narsalarning ismlari va xususiyatlarini menga aytib beringlar-chi?” – dedi.
Shundan keyin Alloh: “Ey Odam, qani, farishtalarga u narsalarning nomlarini birma-bir aytib ber-chi!” – dedi. Odam farishtalarga ularning ismlari haqida xabar bergach, Alloh farishtalarga qarata: “Albatta, Men osmonlaru Yerning barcha sir-asrorini bilaman hamda sizlar oshkora qilgan va ichingizda yashirgan narsalaringizni ham bilaman, demaganmidim?” – dedi.
Shundan keyin Alloh: “Ey Odam, qani, farishtalarga u narsalarning nomlarini birma-bir aytib ber-chi!” – dedi. Odam farishtalarga ularning ismlari haqida xabar bergach, Alloh farishtalarga qarata: “Albatta, Men osmonlaru Yerning barcha sir-asrorini bilaman hamda sizlar oshkora qilgan va ichingizda yashirgan narsalaringizni ham bilaman, demaganmidim?” – dedi.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Agarda yahudiylarga: “Alloh tushirgan kitobga iymon keltiringlar”, – deyilsa, Ular: “Biz oʻzimizga tushirilgan Tavrotga iymon keltiramiz”, – deydilar. Ularning yonlaridagi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib kelgan, keyingi haq kitob boʻlmish Qurʼonni esa inkor qiladilar. Ey Muhammad, ularga: “Agar Tavrotga iymon keltirgan boʻlsangizlar, unda nega ilgari Allohning payg‘ambarlarini oʻldirar edingizlar?” – deb ayting.
Ey moʻminlar: “Allohga, bizga nozil qilingan kitobga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqubga va uning avlodlariga nozil qilinganlarga hamda Muso va Isoga berilgan kitoblarga va butun payg‘ambarlar uchun Robbilari tarafidan berilganlarga iymon keltirdik. Biz u payg‘ambarlardan birortasining orasini ajratmaymiz va biz Uning buyruqlariga taslim boʻluvchilarmiz”, – deb aytinglar.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Odamlar oldin bir ummat edilar, keyin ixtilofga tushib ayrilib ketdilar. Shundan soʻng Alloh jannat bilan xushxabar beruvchi va oxirat azobidan ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yubordi. Ular bilan birga insonlar ixtilofga tushgan hollarida oralarida adolat bilan hukm qilishi uchun haq boʻlgan kitobni nozil qildi. Ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin esa, kitob berilgan qavmlar oʻzaro hasad qilib u haqida tortishdilar. Alloh iymon keltirganlarni esa Oʻz izni bilan ular tortishgan va erisha olmagan haq yoʻlga hidoyat qildi. Alloh Oʻzi istagan kimsani toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.
Ey Rasulim, bani Isroil avlodlarining Muso payg‘ambardan keyingi nufuzli jamoasi haqidagi xabarlarini eshitib koʻrmadingizmi? Oʻshanda ular payg‘ambarlariga qarata: “Bizlarga bir podshoh tayin qilib yuborgin va biz u bilan birga Alloh yoʻlida jang qilaylik”, – degan edilar. Payg‘ambar ularga: “Balki, sizlarga urush farz qilinib yozilsa, jangga chiqib urush qila olmassiz”, – degan edi. Ular: “Yurtimizdan haydab chiqarilgan va farzandlarimizdan ajralib qolganmiz-ku, nima uchun Alloh yoʻlida jang qilmas ekanmiz?” – deb aytganlar. Vaqtiki, ularga urush farz qilingach oz kishi mustasno, qolganlari bu ishdan yuz oʻgirdilar. Alloh zolim kimsalarni bilib turuvchi Zotdir.
Shundan soʻng payg‘ambarlari ularga: “Alloh sizlarga Tolut ismli kishini podshoh tayin qilib yubordi”, – dedi. Ular esa: “U bizning ustimizga qanday qilib hukmron boʻla oladi? Vaholanki, podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz. Uning ustiga Tolutga mol-davlatdan moʻl-koʻl berilmagan boʻlsa?!” – deb aytdilar. Payg‘ambar ularga: “Shubhasiz, Alloh uni sizlarning ustingizga podshoh qilib tanladi hamda uning ilmiy va jismoniy tomondan quvvatini orttirdi”, – deb javob qaytardi. Alloh mulkini Oʻzi istagan kimsaga beradi. Shuningdek, Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Payg‘ambarlari ularga: “Tolutning podshoh ekanligining belgisi, sizlarga bir sandiq kelishidadir. U sandiqda sizga Robbingizdan taskin hamda Muso va Horun payg‘ambarlarning oilalaridan qolgan yodgorlik mavjud boʻlib, u sandiqni farishtalar koʻtarib turadilar. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, shubhasiz, bunday hodisada sizlar uchun, albatta, ulkan alomat bordir”, – deb aytdi.
Ey Muhammad, dunyoga hirs qoʻyganlarga qarata: “Sizlarga bu oʻtkinchi matohlardan xayrliroq boʻlgan neʼmatlar haqida xabar beraymi?” – deb ayting. Taqvo qilgan kimsalar uchun Robbilari huzurida tagidan anhorlar oqib turadigan, u yerda mangu qoladigan jannat bog‘lari hamda pokiza juftlar va hammasidan aʼlo boʻlgan Alloh tomonidan rozilik bordir. Alloh bandalarning qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Allohning oyatlarini inkor qilib kufr keltiradigan, payg‘ambarlarni nohaq qatl qiladigan va insonlar orasidagi haq va adolatga buyuruvchi solih kimsalarni oʻldiradigan zolimlarga oxiratdagi alamli azob bashoratini bering.
Farishtalar Zakariyo mehrobda namoz oʻqib turgan paytida unga: “Ey Zakariyo, darhaqiqat, Alloh senga Yahyo ismli farzand koʻrish xushxabarini bermoqda. U Allohdan keladigan soʻzni tasdiq etadigan, oʻz qavmiga peshvo boʻladigan, shahvatlardan oʻzini tiyadigan hamda solih payg‘ambarlardan biri boʻladigan farzanddir”, – deb nido qildilar.
Ey Rasulim, mana bular g‘ayb xabarlaridan boʻlib, uni sizga vahiy qilib bildirmoqdamiz. Oralaridan qaysi birlari Maryamni qaramog‘iga olishga kafil boʻladi deb, qurʼa tashlash maqsadida qalamlarini otgan vaqtlarida siz u yerda yoʻq edingiz. Shuningdek, ular bu borada talashib tortishganlarida ham ularning yonida boʻlmagansiz.
Shuningdek, uni bani Isroil avlodlariga payg‘ambar qilib yuboradi. U esa oʻz qavmiga: “Men haqiqatan, payg‘ambar ekanligim toʻg‘risida sizlarga Robbingizdan dalil keltirdim. Darhaqiqat, men sizlarga loydan qush shaklini oʻxshatib yasayman. Keyin unga puflayman va u Allohning izni bilan haqiqiy bir qush boʻladi. Tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzataman. Allohning izni bilan oʻliklarni ham tiriltira olaman. Bulardan tashqari sizlar uylaringizda tanovul qilayotgan hamda zaxiraga saqlab qoʻyayotgan narsalaringizni ham xabarini bera olaman. Agar haqiqatan, moʻmin boʻlsangiz, albatta, bularning barchasida sizlar uchun payg‘ambar ekanimga ochiq oydin alomat bordir”, – deydi.
Shubhasiz, odamlarning Ibrohim diniga eng loyiq va yaqinrog‘i usha davrda unga ergashganlar hamda mana bu Muhammad payg‘ambar va iymon keltirgan moʻmin kimsalardir. Alloh moʻminlarning haqiqiy doʻstidir.
Odamzotdan hech kim Alloh unga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik berganidan keyin insonlarga yuzlanib: “Allohni qoʻyib, menga qul boʻlinglar”, – deyishi aslo mumkin emas. Lekin “Allohning kitobidan taʼlim bergan va taʼlim olganingiz asosida Allohga sig‘inuvchi Robboniy qullar boʻling!”, – deyishi mumkin.
Shuningdek, u payg‘ambar sizlarga farishtalar va payg‘ambarlarni xudolar qilib olishingizni ham buyurmaydi. Axir, musulmon boʻlganingizdan keyin sizni kufrga buyurarmidi?!
Oʻshanda Alloh payg‘ambarlardan ahd olib: “Sizga kitob va hikmat berganimdan keyin oʻzingizdagi kitobni tasdiqlovchi Muhammad ismli bir Rasul kelsa, unga aniq ishonib, albatta, yordam qilasizlar!” – degan edi. Keyin yana: “Shunga iqror boʻlib, mazkur ahdnomaga koʻra masʼuliyati og‘ir yukimni qabul qildingizmi?!” – dedi. Ular: “Ha iqror boʻlib qabul qildik”, – deganlar. Shunda Alloh: “Unda barchangiz guvoh boʻlinglar, Men ham sizlar bilan mana shu ahdnomaga shohidlardanman”, – degan edi.