Ey Muhammad, oʻzaro shivirlashishdan qaytarilganlaridan soʻng yana taqiqlangan narsaga qaytadigan hamda gunoh, adovat va payg‘ambarga itoatsizlik qilish toʻg‘risida oʻzaro maxfiy suhbatlashadigan kimsalarni koʻrmadingizmi?! Qachonki, ular sizning oldingizga kelsalar, Alloh sizga oʻsha soʻz bilan salom bermagan ibora bilan sizga salom beradilar. Yana ular oʻzlaricha: “Aytayotgan soʻzimiz sababli Alloh bizlarni azoblamasa boʻlgani?!” – deydilar. Ularga oʻzlari kirib toblanadigan jahannam bas keladi. U qanday ham yomon joy!

