Albatta, Ibrohim yumshoqkoʻngil, nola uruvchi va Robbisiga tavba qilib qaytuvchi inson edi.
От искомого вами масдар-узак ن و ب образовано 18 аятов.
chin dildan (Allohga) yonaluvchi edi, chin dildan yonalaman, yonaluvchi, yonaling, yonalib, va (bizga) qaydi, (bizga) yonaldi, chin dildan yonalib, va yonaluvchilarga, va qayting
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, Ibrohim yumshoqkoʻngil, nola uruvchi va Robbisiga tavba qilib qaytuvchi inson edi.
Shunda Shuʼayb: “Ey qavmim, qani, aytinglar-chi, agar men Robbim tomonidan hujjatga ega boʻlsam va U meni yaxshi rizq bilan rizqlantirgan boʻlsa, nega sizlarni gunoh ishlardan qaytarmas ekanman. Men sizlarga qarshi chiqib, undan sizlarni qaytarayotgan narsani oʻzim qilishni xohlamayman. Kuchim yetganicha isloh qilishdan boshqa hech narsani istamayman. Muvaffaqiyatim faqat yolg‘iz Allohning yordami bilandir. Allohga suyandim va Oʻziga iltijo qilaman”, – dedi.
Kufr keltirgan kimsalar: “U Muhammadga Robbisi tomonidan biror moʻʼjiza nozil qilinsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni adashtiradi va Allohga tavba qilib qaytgan kishilarni esa hidoyat qiladi”, – deb ayting.
Unga oʻzingizni topshirgan hollaringizda dinini mahkam tutinglar va Undan qoʻrqinglar hamda namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan boʻlmanglar.
Qachonki, odamlarga biror ziyon yetsa, darhol Robbilariga qaytib, Unga iltijo qiladilar, soʻngra qachonki, Alloh ularga Oʻz tomonidan boʻlgan marhamatni tottirib qoʻysa, birdan ulardan bir guruhi Robbilariga shirk keltira boshlaydilar.
Agar ota-onang seni oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga majburlasalar, u holda ularga itoat qilma. Lekin ularga garchi kofir boʻlsalar ham, dunyoda chiroyli muomalada boʻlgin va Menga tavba qilib qaytgan kishilarning yoʻliga ergashgin. Soʻngra qiyomat kunida qaytishlik Mening huzurimgadir, bas, sizlarga nima amal qilganingizning xabarini beraman.
Axir ular osmon va yerdagi narsalarga, oldilaridagi va ortlaridagi narsalarga nazar solmaydilarmi?! Agar Biz xohlasak, ularni yerga yuttirib yuboramiz yoki ustilariga osmondan parchalar tashlab yuboramiz. Albatta, bunda Allohga tavba qilib qaytuvchi har bir banda uchun dalolat bordir.
Dovud ikkinchi daʼvogarni tinglamay turib: “Darhaqiqat, u sening qoʻyingni oʻz qoʻylariga qoʻshib olishni soʻrab senga zulm qilibdi. Darvoqe, koʻp doʻstlar bir-birlariga zulm qiladilar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina zulm qilmaydilar. Ular esa juda ozdirlar”, – dedi. Dovud uni imtihon qilganimizni bilib qoldi va darhol Robbisidan shoshib hukm chiqargani uchun mag‘firat soʻradi va sajdaga egilgan holida yerga yiqilib, tavba qildi.
Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir jonsiz jasadni tashladik. Keyin u tavba qildi.
Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, Robbisiga qaytib duo qiladi. Soʻngra, qachonki, Alloh Oʻz tomonidan unga biror neʼmat ato qilsa, bundan oldin Allohga qilgan duolarini unutib qoʻyar va boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlarni oʻylab topadi. Ey Muhammad, unga: “Sen oʻz kufring bilan dunyoda ozgina foydalanib qol! Albatta, sen doʻzax ahlidandirsan”, – deb ayting.
Shaytonga ibodat qilishdan chetda boʻlgan va Allohga tavba qilib qaytgan zotlar uchun jannat xushxabari bordir. Bas, ey Muhammad, Mening shunday bandalarimga xushxabar bering.
Sizlarga azob kelib, keyin yordam berilmay qolishidan oldin tavba qilib Robbingizga qaytinglar va Unga taslim boʻlinglar.
U sizlarga Oʻzining borligi va birligiga dalolat qiluvchi alomatlarini koʻrsatadi va sizlarga osmondan rizq yog‘diradi. Lekin bu alomatlardan faqat Allohga koʻp tavba qiladigan kishilargina eslatma oladi.
Ey Muhammad ularga: “Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohdadir. Mana shu Alloh mening Robbimdir. Unga tavakkul qildim va Unga tavba qilaman”, – deb ayting.
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlar uchun din qilib Nuhga buyurgan narsani va Biz siz Muhammadga vahiy qilgan narsani, shuningdek, Biz Ibrohim, Muso va Iso payg‘ambarlarga buyurgan narsani shariat qildi va: “Dinni barpo qilinglar va unda firqalarga ajralmanglar”, – dedi. Ey Muhammad, mushriklarga siz unga daʼvat qilayotgan narsa og‘irlik qildi. Alloh dinga Oʻzi xohlagan kishilarni tanlab oladi va Oʻziga tavba qiluvchi kishilarni hidoyat qiladi.
Biz bularni Allohga qaytuvchi har bir bandaga koʻrgazma va eslatma boʻlishi uchun shunday qildik.
Shuningdek, bular Rahmondan g‘oyibona qoʻrqqan va tavba qiluvchi qalb bilan kelgan kishilar uchun hamdir.
Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarda goʻzal namuna bordir. Oʻshanda ular oʻz qavmlariga: “Bizlar sizlardan va Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor qildik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirmaguningizgacha, sizlar bilan bizning oʻrtamizda doimiy adovat va nafrat paydo boʻldi”, – dedilar. Faqat Ibrohimning otasiga: “Albatta, men Allohdan sen uchun mag‘firat soʻrayman, lekin senga Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytarishga kuchim yetmaydi”, – degan soʻzi bundan mustasnodir. Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarning duosi: “Ey Robbimiz, Sengagina tavakkul qildik, Oʻzingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir”, – deyish edi.