Yusuf quduqda qiynalib uch kun yotgach bir karvon keldi. Keyin quduqdan suv tortib keltiruvchini yubordilar va u chelagini quduqqa tashladi shunda: “Xushxabar! Axir bu bola-ku!” – dedi. Darhol uni sotiladigan narsalari qatori berkitib qoʻydilar. Alloh esa ularning qilayotgan ishlarini biluvchi Zotdir.

