Agar sizlar Muhammad payg‘ambarga yordam qilmasangiz ham, darhaqiqat, Alloh unga yordam qilgan. Oʻshanda kufr keltirganlar uni bir hamrohi bilan, yaʼni ikki kishining biri boʻlgan holida uni yurtlari boʻlgan Makkadan chiqarganlarida, ikkovlari g‘orda turib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamrohi Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Tashvishlanma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!” – deb aytgan edi. Keyin Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va sizlar uni koʻrmagan lashkarlar bilan uni qoʻlladi. Shuningdek, kufr keltirganlarning botil soʻzini tuban qildi. Allohning soʻzi esa, u eng oliydir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.

