لَا تَجْعَلُوا دُعَاءَ الرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَاءِ بَعْضِكُمْ بَعْضًا ۚ قَدْ يَعْلَمُ اللَّهُ الَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنْكُمْ لِوَاذًا ۚ فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِ أَنْ تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Ey moʻminlar, payg‘ambarni chaqirishni oʻrtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmanglar. Alloh orangizdan berkingan holda payg‘ambar huzuridan sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni yaxshi biladi. Payg‘ambarning amriga xilof ish tutadigan kimsalar oʻzlariga biror fitna yetib qolishidan yoki ularga alamli azob yetib qolishidan ehtiyot boʻlsinlar.

