Oldin oʻz qoʻllari bilan qilgan yomonliklari sababidan hech qachon u oʻlimni orzu qilolmaydilar. Alloh zolimlarning qilmishini bilib turuvchi Zotdir.
От искомого вами масдар-узак أ ب د образовано 28 аятов.
aslo, doimiy, abadiy, abadiy ravishda, doimiy ravishda, boshqa hech qachon
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oldin oʻz qoʻllari bilan qilgan yomonliklari sababidan hech qachon u oʻlimni orzu qilolmaydilar. Alloh zolimlarning qilmishini bilib turuvchi Zotdir.
Iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Hamda ular uchun u yerda pokiza juftlar boʻlgan va rohatbaxsh quyuq soyali makonlarga kiritamiz.
Shuningdek, iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Allohning vaʼdasi haqdir. Allohdan ham soʻzi toʻg‘riroq boʻlgan kim bor?!
Ularni, faqat jahannam yoʻli tomon yetaklaydi va u yerda mangu qoladilar. Bularni qilish Allohga osondir.
Yana ular: “Ey Muso, modomiki ular u yerda bor ekan, biz hech qachon aslo u yerga kirmaymiz. Sen va Robbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa mana bu yerda kutib oʻtiruvchilarmiz”, – dedilar.
Shunda Alloh: “Bu kun iymonlariga sodiq qolganlarning rostgoʻyligi foyda beradigan kundir. Ular uchun tagidan anhorlar oqib turuvchi va u yerda abadiy qolinadigan jannatlar bordir. Alloh ulardan rozi va ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Mana bu eng katta yutuqdir.
Ular u yerda abadiy qoladilar. Albatta, Allohning huzurida ulkan ajr bordir.
Bas, agar Alloh sizni bu safardan salomat chiqarib yana boshqa toifa bilan toʻqnashish uchun qaytarganda sizdan jangga chiqish uchun izn soʻrasalar, ularga: “Endi men bilan aslo jangga chiqmaysizlar va men bilan birga dushmanga qarshi urush ham qilmaysizlar. Chunki sizlar avvalgi gal jangga chiqmay oʻtirishga rozi boʻldingiz. Shunday ekan, yana ortda qoluvchilar bilan oʻtiraveringizlar!” – deb ayting.
Ey Rasulim, aslo ulardan oʻlgan biror kishiga janoza namozini oʻqimang va duo qilish uchun qabri boshida ham turmang! Chunki ular dunyo hayotida Allohga va Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida oʻldilar.
Muhojirlar va ansorlardan avvalgi peshqadamlari hamda orqalaridan ularga ezgulik bilan ergashganlardan Alloh rozi boʻldi, ular ham Undan rozi boʻldilar. Yana ular uchun tagida anhorlar oqib turuvchi va u yerda abadiy qolinadigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ana oʻsha eng katta yutuqdir.
Ey Muhammad, hech qachon u yerda namoz oʻqish uchun turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan u yerdagi masjidda turishingiz mahbubroqdir. U yerda poklanishni yoqtiradigan kishilar bordir. Alloh esa poklanuvchilarni sevadi.
Moʻminlar u yerda abadiy qoluvchilardir.
Agarda u shahar ahllari sizlardan xabardor boʻlib qolsalar, sizlarni toshboʻron qiladilar yoki sizlarni oʻz dinlariga qaytaradilar va unday boʻlsa, hech qachon najot topa olmaysizlar.
U oʻz nafsiga zulm qilgan holda, bog‘iga kirib: “Bu boyligim hech qachon yoʻq boʻlib ketadi deb oʻylamayman”, – dedi.
Robbisining oyatlari bilan eslatilib nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan va oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Darhaqiqat, Biz bu Qurʼonni anglamasliklari uchun ularning qalblariga pardalar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻydik. Demak, agar ularni hidoyatga chaqirsangiz ham hech qachon toʻg‘ri yoʻlda yurmaydilar.
Iffatli ayollarga zinokor deb tosh otib, keyin bu daʼvolariga toʻrtta guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringlar va hech qachon ularning guvohliklarini qabul qilmanglar. Ana ular aynan fosiqlardir.
Agar moʻmin boʻlsangizlar, Alloh hech qachon unga oʻxshagan narsalarga boshqa qaytmasligingizni sizlarga vaʼz qiladi.
Ey iymon keltirganlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, shayton buzuqlik va yomonlikka buyuradi. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida edi, sizlardan biror kishi gunohdan poklanmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishisining gunohlarini poklaydi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina ruxsat bilan kiringlar. Oʻshanda ham uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan holda kiringlar. Lekin chaqirilganingizda kiring va taomdan soʻng gapga berilib ketmay, darhol tarqalinglar. Chunki bu Payg‘ambarga ozor beradi, u esa sizlardan tortinadi. Alloh esa haq gapdan tortinmaydi. Agarda sizlar Payg‘ambarning ayollaridan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻranglar. Mana shu sizlarning qalblaringiz va ularning qalblari uchun ham eng toza ishdir. Sizlar uchun Allohning Payg‘ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz umuman mumkin emasdir. Chunki bu ish Alloh nazdida ulkan gunohdir.
Kofirlar na bir doʻst va na bir yordamchi topmagan hollarida u yerda mangu qoladilar.