Agar sizlardan kimda-kim hur moʻmina ayollarni nikohiga olishga moddiy imkon topmasa unda, qoʻl ostingizdagi moʻmina joriyalarga uylaninglar. Alloh iymonlaringizni eng yaxshi biluvchi Zotdir. Zero, sizlar bir-biringizdan tarqagandirsizlar. U joriyalardan or-nomusli, fohishalik qilmaydigan va yashirincha jazman tutmaydiganlariga egalarining ruxsati bilan mahrlarini yaxshilik bilan berib nikohingizga olaveringlar. Bordi-yu ular nikohlangandan keyin fohishalik qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan jazoning yarmi tatbiq qilinadi. Bu joriyalarga uylanish xotinsizlikdan mashaqqat chekadigan kimsalar uchundir. Agarda uylanmay qiyinchiliklarga sabr qilsangiz, bu siz uchun yaxshidir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

