عَفَا اللَّهُ عَنْكَ لِمَ أَذِنْتَ لَهُمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكَ الَّذِينَ صَدَقُوا وَتَعْلَمَ الْكَاذِبِينَ
Ey Rasulim, Alloh sizni afv qilsin. Biroq Tabuk safariga bormaslik uchun sizdan ruxsat soʻraganlarning to rostgoʻylari aniq boʻlmay turib hamda yolg‘onchilarni bilmasdan, ularga nega izn berdingiz?

