قُلْ أَرَأَيْتُمْ شُرَكَاءَكُمُ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ أَمْ آتَيْنَاهُمْ كِتَابًا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍ مِنْهُ ۚ بَلْ إِنْ يَعِدُ الظَّالِمُونَ بَعْضُهُمْ بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا
Ey Muhammad, mushriklarga: “Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga koʻrsatinglar-chi, ular yer yuzida nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlarni yaratishda sherikliklari bormi?! Yoxud ularga biror kitob berganmidik, unda sherik ekanliklari haqida biron hujjat boʻlsin?!” – deb ayting. Yoʻq, zolimlar bir-biriga faqat yolg‘onni vaʼda qiladilar.

