Hamda tuyadan erkak va urg‘ochi ikki juft va qoramoldan erkak va urg‘ochi ikki juftdir. Ey Rasulim, uni oʻzlaricha harom deb olganlarga: “Ulardan ikki erkakni harom qildimi yoki ikki urg‘ochinimi? Yoki boʻlmasa ikki urg‘ochining ichidagi homilanimi? Yoki Alloh bu haqida sizlarga hukm tavsiya qilayotganida guvoh boʻlib turganmidingiz? Maʼlumotga ega boʻlmagan holda odamlarni yoʻldan adashtirish uchun Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigan kimsadan ham zolimroq boʻlgan kim bor?” – deb ayting. Alloh, albatta, zolim qavmlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.

