Ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: “Ey chumolilar, inlaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari oʻzlari bilmay sizlarni ezib ketmasinlar”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак ح ط م образовано 6 аятов.
sizni ezmasinlar, bir chop, quruq bir chop, chop-xas, Xutamaga, Xutama
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: “Ey chumolilar, inlaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari oʻzlari bilmay sizlarni ezib ketmasinlar”, – dedi.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, uni yerda chashmalar qilib oqizib qoʻyganini koʻrmadingizmi? Soʻngra u suvning vositasida turli ekinlarni chiqaradi, vaqti kelib keyin u quriydi, soʻng siz uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Alloh soʻngra uni quruq choʻpga aylantiradi. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratli eslatma bordir.
Agar Biz xohlasak, uni quruq choʻp qilib qoʻygan boʻlar edik, sizlar esa ajablanib qolavergan boʻlar edingiz.
Ey insonlar, bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat oʻyin, behudalik, ziynat, oʻzaro faxrlanish va mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdan iboratdir. U bamisoli bir yomg‘irki, uning sababidan unib chiqqan giyoh kofirlarni taajjubga soladi. Soʻngra u qurigach, uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib qoladi. Oxiratda esa kim uchundir qattiq azob, kim uchundir Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.
Yoʻq! Qasamki, albatta, u chilparchin qiluvchi hutamaga tashlanadi!
Ey inson, chilparchin qiluvchi hutama nima ekanligini senga nima bildirdi?!