Ey iymon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz boʻlgan mushriklarni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik haqida xabar yuborasizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan haq dinni inkor qilganlar. Ular payg‘ambarning va sizlarning Robbingiz boʻlgan Allohga iymon keltirganlaringiz uchun oʻz yurtlaringizdan haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish va roziligimni istash uchun chiqqan boʻlsangiz ularni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar berkitgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchiman. Sizlardan kimki shu ishni qilsa, bas, aniqki, u toʻg‘ri yoʻldan ozibdi.

