Munofiqlar payg‘ambarga nisbatan aytilgan haqorat soʻzlarni aytmaganliklariga doir yolg‘on qasam ichadilar. Vaholanki, munofiqlar bu kufr soʻzini aniq aytgan edilar va islomga kirganlaridan keyin yana kufr yoʻliga qaytgan edilar. Shuningdek, payg‘ambarga suiqasd qilishdek yetolmagan narsalariga qasd qilgan edilar. Munofiqlar Alloh va Uning Rasuli ularni faqat Oʻz fazlu karamidan boy-badavlat qilib qoʻygani uchungina Alloh va Uning Rasulini yomon koʻrdilar. Bas, endi agar tavba qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlar edi. Agar yuz oʻgirsalar, Alloh ularni dunyo va oxiratda alamli azob bilan azoblaydi. Hamda ular uchun Yer yuzida biron doʻst ham yordamchi ham boʻlmaydi.

