Ey iymon keltirganlar, Alloh yoʻlida jihod qilish uchun safarga otlanganingizda kofir va musulmonni farqini yaxshi bilib ajratib olinglar. Dunyo hayotining oʻtkinchi manfaatini koʻzlab, oʻlja olish maqsadida sizlarga salom bergan kishiga ishonmay: “Sen moʻmin emassan!” – deb aytmanglar. Zero, Allohning huzurida behisob g‘animatlar bordir. Axir oʻzingiz ham avvallari iymoningizni yashirib, xuddi shunday yashar edingiz. Shundan keyin Alloh sizlarga neʼmat ato etib mamnun qildi. Shunday ekan, aniq va puxta qilib ish tutinglar. Albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir.

