Shundan soʻng Muso oʻz qavmiga qarata: “Sizlar bir buzoqni iloh qilib olib, unga sig‘inish bilan oʻzingizga oʻzingiz qattiq zulm qildingizlar. Endi Yaratganingizga tavba qilib, oʻz-oʻzingizni oʻldiringlar. Bu ishni amalga oshirishingiz sizlarni yoʻqdan bor qiluvchi Boriy Zot nazdida yaxshiroq boʻlar edi”, – deganini ham yodga olinglar. Shundan soʻng, Alloh yana tavbangizni qabul qilib sizlarni kechirdi. Albatta, U kechiruvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

