Ey Muhammad, Biz farishtalarga qarata: “Odamga sajda qilinglar”, – deganimizda farishtalar darhol sajda qilganlarini eslang. Faqat iblis sajda qilmay bosh tortib, takabburlik qildi va kofirlardan boʻldi.
От искомого вами масдар-узак أ ب ي образовано 13 аятов.
qochindi, qochmasin (yozsin), qochmasinlar, lekin (sizni) istamaydi, holbuki istamaydi, qabul qilmadi, ammo turib oldilar, ammo qilmaydilar, lekin qochdilar, va turib oldi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muhammad, Biz farishtalarga qarata: “Odamga sajda qilinglar”, – deganimizda farishtalar darhol sajda qilganlarini eslang. Faqat iblis sajda qilmay bosh tortib, takabburlik qildi va kofirlardan boʻldi.
Ey moʻminlar, maʼlum bir muddatga bir-birlaringiz bilan qarz oldi-berdi muomalasini qilsangiz, uni yozib qoʻyinglar. Oralaringizdagi bir kotib adolat bilan toʻg‘ri qilib yozsin. Hech qaysi bir kotib Alloh bildirganidek yozishdan bosh tortmasin, qanday boʻlsa, shunday yozsin. Zimmasida qarzi boʻlgan kishi aytib turib yozdirsin hamda Robbisi boʻlgan Allohdan qoʻrqsin va olgan qarzidan biror narsa kamaytirib yozdirmasin. Bordi-yu boʻynida qarzi boʻlgan odam aqli noraso, yosh yoki juda keksaligi bois ojiz hamda karligi, soqovligi va til bilmasligi tufayli aytib turishga qodir boʻlmasa, u holda uning vakili adolat bilan aytib tursin. Shuningdek, erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qilinglar. Agarda ikki erkak boʻlmasa, sizlar rozi boʻladigan guvohlardan bir erkak kishi va ikki ayolni guvoh qilinglarki, biri unutib adashganda ikkinchisi eslatib turadi. Guvohlar guvohlik uchun chaqirilganda kelishdan bosh tortmasinlar. Qarz xoh katta boʻlsin, xoh kichik boʻlsin muddatigacha yozib qoʻyishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida eng adolatli, shohidlik uchun eng durust va gumon qilmaslik uchun eng yaqin boʻlgan hukmdir. Lekin oralaringizda aylantirib turgan naqd savdo muomalangiz boʻlsa, uni yozmaslikda sizlarga gunoh boʻlmaydi. Oʻzaro oldi-berdi qilganingizda ham guvoh keltiringlar. Agar xarajatlari boʻlsa, yozgan odam ham, guvoh ham zarar qilmasinlar. Agar ularga zarar qilsangiz, shubhasiz, bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qoʻrqinglar, Alloh sizlarga shu tariqa taʼlim beradi. Alloh barcha narsani biluvchi Zotdir.

Darvoqe, qanday qilib ahd boʻlsinki, agar ular sizning ustingizga g‘alaba qilsalar, na yaqinlik jihatdan va na majburiyat jihatdan sizlarga rioya qiladilar. Ular faqat sizlarni og‘izlari bilan rozi qiladilar-u, lekin koʻngillari xush koʻrmaydi. Ularning koʻpchiligi fosiq kimsalardir.
Mushriklar Allohning nuri boʻlgan Islomni behuda gaplar aytib, og‘izlari bilan soʻndirmoqchi boʻladilar. Alloh esa, garchi kofirlar xushlamasalar ham, Oʻz nurini batamom har tarafga yoymasdan qoʻymaydi.
Faqat iblis takabburlik qilib sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.
Shubhasiz, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun ibratli boʻlgan har bir masaldan bayon qildik. Lekin odamlarning koʻpchiligi faqat inkorni tanladilar.
Axir, ular osmonlar va Yerni yaratgan Alloh ularning mislini ham yaratishga qodir ekanini koʻra bilmaydilarmi?! Alloh ular uchun, shubha boʻlmagan bir muddatni belgilab qoʻygan. Bas, lekin zolimlar kufrdan boshqasini tanlamadilar.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan yegulik soʻragan edilar, aholi ularni mehmon qilishdan bosh tortdi. Soʻng oʻsha joyda yiqilay deb turgan bir devorni koʻrib qolishdi Xizr uni qayta tiklab qoʻydi. Muso Xizrga: “Agar xohlasang, bu ishing uchun xizmat haqi olishing mumkin edi”, – dedi.
Darhaqiqat, Biz u firʼavnga barcha moʻʼjizalarimizni koʻrsatdik. Bas, firʼavn ularni yolg‘onga chiqardi va yuz oʻgirdi.
Bir vaqtlar farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, – deyishimiz bilan barchalari sajda qildilar, faqat iblis sajda qilishdan bosh tortdi.
Biz bu Qurʼonni odamlar eslatma olishlari uchun oralarida taqsimlab qoʻydik. Biroq odamlarning koʻplari faqat noshukrlikni xohladilar.
Biz bu din omonatini oldin osmonlarga, Yerga va tog‘larga taklif qildik, ular uni koʻtarishdan bosh tortdilar va undan qoʻrqdilar. Lekin inson uni oʻz zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u oʻziga zulm qiluvchi va johildir.