لِيَعْلَمَ أَنْ قَدْ أَبْلَغُوا رِسَالَاتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَيْءٍ عَدَدًا
Toki payg‘ambarlar Robbilarining elchilik vazifalarini ummatga yetkazganliklarini bilish uchun shunday qiladi. Alloh payg‘ambarlar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olgan. Hamda borliqdagi har bir narsaning sanog‘ini hisoblab qoʻygandir.

