Namozni toʻliq ado qilinglar, zakot beringlar va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga Allohga ruku qilinglar.
От искомого вами масдар-узак ر ك ع образовано 13 аятов.
va ruku qiling, ruku qiluvchilar bilan, va ruku qiluvchilar, va (huzurida) egil, egiluvchilar bilan, rukuga varuvchi, ruku qiluvchilar, va ruku qiluvchilar uchun, ruku qiling, egilib (sajdaga)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Namozni toʻliq ado qilinglar, zakot beringlar va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga Allohga ruku qilinglar.
Namozni toʻliq ado qilinglar, zakot beringlar va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga Allohga ruku qilinglar.
Eslang, Allohning uyi – Kaʼbani odamlar uchun ziyoratgoh va omonlik makoni qilib, Ibrohimning turgan joyidan namozgoh qilib oling, dedik. Ibrohim va Ismoilga: “Mening uyimni tavof qiluvchilar, eʼtikofda boʻlib ibodat qiluvchilar, ruku va sajda qiluvchilar uchun pokiza tutinglar”, – deb amr qildik.
Yana ular: “Ey Maryam, Robbingga chin koʻngildan itoat qil, sajda qil va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga ruku qil”, – degan edilar.
Yana ular: “Ey Maryam, Robbingga chin koʻngildan itoat qil, sajda qil va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga ruku qil”, – degan edilar.
Shubhasiz, sizlarning doʻstingiz Alloh va uning Rasulidir. Hamda Robbilariga boʻyinlarini egib namozlarini toʻliq ado qiladigan va zakot beradigan moʻminlardir.
Ular qilgan gunohlariga tavba qiluvchilar, yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchilar, doimo hamdu sano aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, ruku va sajda qiluvchilar, odamlarni yaxshilikka buyuruvchilar va yomonlikdan qaytaruvchilar hamda Allohning tayin qilgan hududlari va buyruqlariga rioya qiluvchilardir. Ey Rasulim, moʻmin bandalarga xushxabar bering!
Ey Muhammad, Biz Ibrohimga Baytullohning oʻrnini belgilab berib: “Menga hech narsani sherik qilma va Mening uyimni tavof qiluvchilar, namozda qoim turuvchilar, ruku va sajda qiluvchilar uchun poklagin”, deganimizni eslang.
Ey iymon keltirganlar, ruku va sajda qilinglar hamda yolg‘iz Robbingizga ibodat qilinglar. Hamda doimo yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
Dovud ikkinchi daʼvogarni tinglamay turib: “Darhaqiqat, u sening qoʻyingni oʻz qoʻylariga qoʻshib olishni soʻrab senga zulm qilibdi. Darvoqe, koʻp doʻstlar bir-birlariga zulm qiladilar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina zulm qilmaydilar. Ular esa juda ozdirlar”, – dedi. Dovud uni imtihon qilganimizni bilib qoldi va darhol Robbisidan shoshib hukm chiqargani uchun mag‘firat soʻradi va sajdaga egilgan holida yerga yiqilib, tavba qildi.
Muhammad Allohning Rasulidir. U bilan birga boʻlgan moʻminlar kofirlarga qattiq, oʻz oralarida moʻminlarga nisbatan rahm-shafqatlidirlar. Ularni doimo Allohdan fazl va rozilik istab, ruku va sajda hollarida koʻrarsiz. Ularning yuzlarida sajda izlaridan qolgan belgilar bordir. Mana shu sifatlar ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, goʻyo urug‘ini yorib chiqib, quvvatga kiradigan, yoʻg‘onlashib oʻz novdasida tik turadigan va dehqonlarni hayron qoldiradigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Bu moʻminlarning kuchayishi sababli kofirlarning jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan iymon keltirgan va solih amallarni qilganlariga mag‘firat va ulkan ajrni vaʼda qildi.
Qachon ularga: “Ruku qilinglar, namoz oʻqinglar”, – deyilsa, ruku qilmaydilar.
Qachon ularga: “Ruku qilinglar, namoz oʻqinglar”, – deyilsa, ruku qilmaydilar.