وَإِذَا جَاءَهُمْ أَمْرٌ مِنَ الْأَمْنِ أَوِ الْخَوْفِ أَذَاعُوا بِهِ ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَىٰ أُولِي الْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ لَاتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ إِلَّا قَلِيلًا
Agar u munofiqlarga jang maydonlaridan tinchlik yoki xatarga doir biror bir xabar yetib kelgudek boʻlsa, bemaslahat uni darhol tarqatib yuboradilar. Agarda uni avval Payg‘ambarga va oʻzlaridan boʻlgan amirlarga yetkazganlarida edi, u xabarning asl negizini anglamoqchi boʻlgan kimsalar ulardan soʻrab bilib olar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida ayrim oz kishilardan tashqari koʻpchilik shaytonga ergashib ketgan boʻlar edingiz.

