Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.

