Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar, shubhasiz, qorinlarida olov yegan boʻladilar va albatta, oxiratda doʻzaxda yonadilar.
От искомого вами масдар-узак س ع ر образовано 19 аятов.
alangli olovga, alangli olov, alangli alovi, alangli olov, alangli bir olov, alangli olovning, alangli bir olov, alangli, olovdadir, va telbalik
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar, shubhasiz, qorinlarida olov yegan boʻladilar va albatta, oxiratda doʻzaxda yonadilar.
Ularning orasidan unga iymon keltirganlari ham, undan yuz oʻgirganlari ham boʻldi. Ularning isyonlari uchun qattiq otashli jahannam yetarlidir.
Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni yoʻldan adashtirsa, bas, ular uchun Undan oʻzga doʻstlarni topa olmaysiz. Ularni qiyomat kunida yuztuban hollarida koʻr, soqov va kar qilib tiriltiramiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Agar qachon uning olovi soʻnadigan boʻlsa, yana ularga lovullagan olovni koʻpaytiraveramiz.
Unga oʻzini doʻst tutgan kimsani, albatta, toʻg‘ri yoʻldan ozdirish va doʻzax azobiga boshlash yozib qoʻyilgan.
Yoʻq, ular qiyomat soatini yolg‘onga chiqardilar. Biz esa qiyomatni yolg‘onga chiqarganlari uchun doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz.
Agarda ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar”, – deyilsa, ular: “Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizni nimani ustida ibodat qilganlarini topgan boʻlsak, ana oʻshanga ergashamiz», – deydilar. Bordi-yu shayton ularni lovullagan olov azobiga chaqirib turgan boʻlsa hammi?!
Albatta, Alloh kofirlarni laʼnatladi va ular uchun mangu lovullagan doʻzaxni tayyorlab qoʻydi.
Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik masofani bosib oʻtadigan shamolni xizmatkor qilib qoʻydik va unga mis bulog‘ini oqizib qoʻydik. Hamda jinlardan ham Robbisining izni bilan uning qoʻl ostida ishlaydigan toifalarni boʻysundirib qoʻydik. Agar ulardan kim amrimizdan tashqari chiqsa, unga oʻt azobidan tottirib qoʻyardik.
Shayton sizlarga aniq dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U oʻziga ergashgan firqasini doʻzax ahli boʻlishga chaqiradi.
Ana shunday qilib, shaharlar onasi boʻlgan Makka va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun va u haqida hech qanday shubha boʻlmagan “toʻplanish kuni”dan ham ogohlantirishingiz uchun sizga arabiy Qurʼonni vahiy qildik. U kunda bir guruh jannatda, bir guruh esa doʻzaxdadir.
Kimki Allohga va uning Payg‘ambariga iymon keltirmagan boʻlsa, bas, albatta, Biz unday kofirlar uchun lovullagan olovni tayyorlab qoʻyganmiz.
Shunda ular: “Bizlar oʻzimizning oramizdagi bir odamga ergashamizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumrohlik va nodonlikda boʻlamiz-ku!, – dedilar.
Albatta, jinoyatchilar adashuv va lovullagan olovdadirlar.
Haqiqatan, Biz dunyoga yaqin osmonni yulduzli chiroqlar bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qoʻydik. Yana shaytonlar uchun oxiratda doʻzax azobini ham tayyorlab qoʻyganmiz.
Kofirlar yana: “Agar bizlar payg‘ambar soʻzlarini tinglab, aql ishlatuvchi boʻlganimizda, doʻzax egalari boʻlmas edik”, – deydilar.
Bas, ular oʻz gunohlarini shu tarzda eʼtirof qiladilar. Endi, doʻzax egalariga halokat boʻlgay!
Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alangali olovni tayyorlab qoʻyganmiz.
Doʻzax kofirlar uchun qizdirilganida,
Keyin doʻzaxga kirib toblanadi.