Alloh kofirlarning qalblari va quloqlariga inkor qilganlari tufayli muhr urib qoʻygan. Hamda koʻzlariga g‘aflat pardasi tortilgan boʻlib, haqiqatni koʻra olmaydilar. Qiyomatda ular uchun ulkan azob tayyorlab qoʻyilgandir.
От искомого вами масдар-узак س م ع образовано 185 аятов.
quloqlarining, eshitishlarini, eshitardilar ham, tinglang (dedik), tingladik, va tinglang, eshituvchisan, eshituvchidir, hech narsa eshitmaydigan, eshitganingizdan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh kofirlarning qalblari va quloqlariga inkor qilganlari tufayli muhr urib qoʻygan. Hamda koʻzlariga g‘aflat pardasi tortilgan boʻlib, haqiqatni koʻra olmaydilar. Qiyomatda ular uchun ulkan azob tayyorlab qoʻyilgandir.
Chaqmoq goʻyo munofiqlarning koʻzlarini olib qoʻygudek edi. Qachonki chaqmoq ularga bir dam atrofni yoritsa, u yerda biroz ildamlanishar, takror ularning tepalarini zulmat qoplasa, joylarida toʻxtab turishardi. Agar Alloh xohlasa edi ularning quloq va koʻzlarini chaqmoq tufayli yoʻq qilib ketkazib qoʻyar edi. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Ey bani Isroil avlodlari, Biz sizdan oʻsha payt ahdingizni olgach, ustingizda Tur tog‘ini muallaq koʻtarib turib: “Biz keltirgan Tavrotni mahkam ushlanglar va quloq tutinglar”, – deganimizda, ular: “Eshitdik va isyon qildik”, – deganlarini eslanglar. Ularning inkorlari sababli koʻngillariga oltin buzoqqa sig‘inish havasi singdirildi. Ey Muhammad, ularga: “Agar siz shunday iymonli boʻlsangiz, unda iymoningiz sizlarni naqadar yomon narsalarga buyuradi?” – deb ayting.

Ey iymon keltirganlar, “roino” emas, “unzurno”, – deb aytinglar. Hamda sizga aytilayotganlarga quloq solinglar. Kofirlar uchun esa alamli azob bordir.
Ibrohim oʻg‘li Ismoil bilan birgalikda Alloh uyidan sanalmish Kaʼbaning poydevorini koʻtarayotib: “Ey Robbimiz, bizdan bu qilayotgan amalimizni qabul qilgin. Shubhasiz, sen hamma narsani eshituvchi – Samiʼ va biluvchi – Aʼlim Zotsan”, – deb aytganlarini eslang.
Agar ular ham sizlar iymon keltirgandek iymon keltirsalar, unda chindan ham hidoyat yoʻlini topibdilar. Bordi-yu undan yuz oʻgirsalar, u holda, shubhasiz, sizlarga nisbatan qarshilik va adovat ichidadirlar. Ey Rasulim, bas, sizni ulardan himoya qilishga Allohning oʻzi kifoya qiladi. Albatta, U hamma narsani eshituvchi – Samiʼ va har bir narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Allohga kufr keltirganlarning misoli, xuddi baqiriq-chaqiriqdan boshqa hech narsani eshitmaydigan hayvonlarga hayqirayotgan choʻponning holatiga oʻxshaydi. Ular maʼnan kardirlar – nasihat eshitmaydilar, soqovdirlar – haqni gapira olmaydilar, koʻrdirlar – oyatlarni koʻrolmaydilar. Demak, ular aql ishlata olmaydilar.
Kimki, vasiyatni eshitib olgandan keyin uni oʻzgartirsa, gunohi uni oʻzgartirganga boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Kimki, vasiyatni eshitib olgandan keyin uni oʻzgartirsa, gunohi uni oʻzgartirganga boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ezgu ishlar qilish, taqvodor boʻlish, insonlar orasini tuzatish kabi ishlarni qilmaslikka doir ichgan qasamlaringizda Allohni roʻkach qilavermanglar. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agarda ular taloq qilishga qaror qilgan boʻlsalar, u holda Alloh, albatta, hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Alloh yoʻlida jang qilinglar va albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zot ekanini bilinglar.
Dinda majburlash yoʻqdir. Darhaqiqat, toʻg‘ri yoʻl egri yoʻldan ajrab maʼlum boʻlgan. Agar kim shaytondan yuz oʻgirib, Allohga iymon keltirsa, demak, u hech qachon uzilmaydigan mustahkam Islom halqasini tutibdi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Allohning Rasuli boʻlgan Muhammad oʻziga Robbidan nozil qilingan Qurʼonga iymon keltirdi va moʻminlar ham iymon keltirdilar. Ularning barchalari Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga “Allohning Rasullarini bir-biridan ajratmaymiz”, – deb iymon keltirganlar. Hamda ular: “Eshitdik va itoat qildik, ey Robbimiz, bizlarni mag‘firat qil va oxirgi boradigan joy Oʻzinggadir”, – dedilar.
Hamda ularning baʼzilari baʼzilaridan tarqagan zurriyotlardir. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey Rasulim, bir vaqtlar Imronning xotini: “Yo, Robbim, darhaqiqat, men qornimdagi homilani dunyo ishlaridan ozod qilib, Senga xolis nazr qildim. Mendan nazrimni qabul qil! Albatta, Sen hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotsan”, – deb aytganini eslang.
Mana shu yerda Zakariyo Robbiga duo qilib: “Robbim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza zurriyot ato ayla! Albatta, Sen duolarni eshituvchisan”, – dedi.
Ey Rasulim, siz erta tongda ahli ayolingizni tark qilib, Uhud tog‘ining etagidagi urush jabhalariga moʻminlarni joylashtirish uchun yoʻl olganingizni yodga oling. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.