وَأَنِ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوا إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُمْ مَتَاعًا حَسَنًا إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِي فَضْلٍ فَضْلَهُ ۖ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ كَبِيرٍ
Allohning buyrug‘i shuki, Robbingizdan mag‘firat tilang soʻngra Unga tavba qiling, shunda Alloh sizlarni maʼlum muddat dunyo hayotida chiroyli manfaat bilan foydalantiradi. Shuningdek, har bir saxiy va fazilatli kishiga Oʻz fazlini ato qiladi. Agar chaqiriqlarimdan yuz oʻgirsangiz, bas, men sizlarga ulug‘ kun boʻlmish qiyomat azobi yetishidan qoʻrqaman.

